Tesla "Semi Truck" elektr yuk mashinalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi image

Maskning aytishicha, Pepsi dekabr oyida birinchi Tesla Semi elektr yuk mashinalarini oladi.

Tesla Inc yarim tijorat yuk mashinalarini ishlab chiqarishni boshlamoqda va PepsiCo Inc o'zining birinchi mashinalarini 1 dekabrda oladi, dedi elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi rahbari Elon Mask.

Mask 2017-yilda futuristik akkumulyatorli Semi yuk mashinasi prototipini namoyish qilganida, yuk mashinasi 2019-yilgacha ishlab chiqarilishini aytdgandi. Biroq, detallar yo'qligi sababli sanalar qayta-qayta orqaga surildi.

Yana bir tvitida Mask avtomobil 500 milya (805 km) masofani bosib o‘tishini tasdiqladi. Elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi qancha Semi yuk mashinasi ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani hali aniq emas.

Yuk mashinasi 180 000 dollarga sotilinishi kutilmoqda, garchi u AQSh Senati tomonidan tasdiqlangan subsidiya dasturiga muvofiq 40 000 dollargacha soliq imtiyozlariga ega bo'lishi mumkin.

2017-yilda PepsiCo yoqilg‘i xarajatlari va chiqindilarni kamaytirish maqsadida 100 ta Tesla elektr yuk mashinasini zaxiraga olgan.

Ulashish: